Motion design, CGI va video production studiyasi

LED ekranlar va konsertlar uchun kontent, 3D va AI/CGI reklama roliklari, TV grafika, mapping uchun CGI fonlar, prezentatsiyalar, LED billbordlar. Toshkent.

Ishlar

Kataklar shakli — ishning haqiqiy formati: 16:9 TV va LED, 9:16 Reels. Bosib ko‘ring, shu yerda ochiladi.

YouTube’da barchasi

Nima qilamiz

Har bir ish g‘oyadan tayyor faylgacha studiya ichida tayyorlanadi. O‘ng ustunda — qaysi formatda topshiramiz.

  • LED ekranlar va konsertlar uchun kontent

    Konsert sahnalari, tadbirlar, forumlar va shoular uchun harakatli grafika. Ekran o‘lchamiga aniq moslab beramiz — cho‘zilmaydi, kesilmaydi. Artist chiqishiga sinxron vizuallar.

    Panel o‘lchamiga mosLoop, 50/60 fps
    MP4 · MOV · PNG ketma-ketlik
  • 3D va AI/CGI reklama roliklari

    Mahsulotni suratga olmasdan CGI’da yaratamiz: 3D modellashtirish, materiallar, yorug‘lik, animatsiya. AI vositalari bilan tezroq va arzonroq variantlar ham bor.

    6 · 15 · 30 s4K, 16:9 va 9:16
    Instagram, TV, LED
  • Mapping uchun CGI fonlar

    Bino fasadlari, sahna dekoratsiyalari va 3D-mapping proyeksiyalari uchun CGI kontent. Obyekt geometriyasiga mos tayyorlanadi.

    Obyekt o‘lchamiga mosLoop, 60 fps
    Alpha kanalli MOV
  • TV grafika va efir dizayni

    Telekanal va ko‘rsatuvlar uchun grafik paket: intro, titrlar, lower third, infografika, bamperlar. Tanlov va festivallarning ochilish roliklari.

    Efir paketiFull HD · 4K, 25/50 fps
    Alpha kanalli MOV
  • LED billbordlar va tashqi reklama

    Ko‘cha ekranlari va savdo markazlari uchun qisqa, ovozsiz ham tushunarli roliklar. 6–10 soniyada xabar yetib boradi.

    6 · 10 sBillbord o‘lchamiga mos
    Loop
  • Prezentatsiyalar va korporativ video

    Kompaniya, loyiha yoki mahsulot taqdimoti uchun animatsion prezentatsiya va imidj roliklar. Logo animatsiyasi va brend harakat tili.

    1–5 daqiqa4K, 16:9
    Subtitr va dublyaj

Qanday ishlaymiz

Birinchi suhbatdan tayyor faylgacha. Har bosqichda nima olishingiz oldindan ma’lum.

  1. Brif

    Maqsad, auditoriya, muddat va ekran o‘lchamini aniqlaymiz.

    1 kun
  2. G‘oya va stil

    Ssenariy, stilfreym va 2–3 ta vizual yo‘nalish ko‘rsatamiz.

    2–3 kun
  3. Ishlab chiqarish

    3D, animatsiya yoki suratga olish. Oraliq natijani ko‘rsatib boramiz.

    3–10 kun
  4. Montaj va ovoz

    Montaj, rang, musiqa, ovoz. Ikki raund tuzatish narxga kiradi.

    2–4 kun
  5. Topshirish

    Barcha kerakli formatlarda — LED, Reels, TV — tayyor fayllar.

    1 kun

Biz harakatni ekranga, ekranni esa tadbirga moslab beramiz.

Pronto Studio — Toshkentdagi motion design va video production studiyasi. Konsert LED panellaridan tortib televidenie efiri va Instagram’gacha bo‘lgan kontentni bitta jamoa tayyorlaydi: rejissyor, 3D artistlar, motion dizaynerlar va montajchilar. Coca-Cola, FIVB, BYD, FAW, Ziffler, Paynet va boshqa brendlar bilan ishlaganmiz.

Ism FamiliyaStudiya rahbari va rejissyor
  • 90+YouTube’dagi ishlar
  • 40+brend va kompaniya
  • 24 soatshoshilinch buyurtmaga javob
  • 4Kstandart tasvir sifati

Loyihangiz haqida yozing

24 soat ichida bog‘lanamiz.